Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini ma’qulladi
- 29.09.2020 09:20
- 85
- Xorij
Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Yevropa ittifoqiga a’zo davlatlarning doimiy vakillari qo‘mitasi (COREPER) individual sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirish jarayonini boshlagan. Yangi sanksiyalar Qrim ko‘prigi qurilishi sababli ikki kishi va to‘rtta kompaniyaga qarshi joriy etilishi mumkin.
RIA Novosti suhbatdoshi so‘z yakuniy qaror haqida emas, yozma jarayon boshlanganligi haqida borayotganligini alohida ta’kidladi. O‘z navbatida, yakuniy qaror keyinroq e’lon qilinadi.
COREPER Rossiyaga qarshi yangi choralar joriy etishi mumkinligi haqida 25 sentyabr kuni ma’lum bo‘ldi. YeI Rossiyani “Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishda” ayblamoqda.
2014 yilda Qrim Rossiya tarkibiga o‘tganidan so‘ng Moskva va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarga sovuqchilik tushdi.