Yeyish mumkin bo‘lgan orol. Nega Hurmuz aholisi uning tuprog‘ini yeydi?

Eron yaqinidagi Hurmuz oroli nafaqat go‘zal noyob tabiat durdonasi bo‘lish bilan, balki shunisi bilan mashhurki, uni... yesa bo‘ladi.
Aholisi oziq-ovqat uchun tuproqdan faol foydalanadi. Ular buni qashshoqlik yoki biror bir diniy odatlar tufayli qilmaydi.
Xo‘sh, nega Hurmuz aholisi o‘z orolini yer ekan?

Красный песок этого острова

O‘zgacha manzara
Sayyohlar butun dunyodan bu yerga ajoyib manzaradan bahramand bo‘lish uchun tashrif buyuradi. Go‘yo yerda bo‘lmaganidek to‘q sariq, binafsha rang va qizil tog‘lar jilosi shunchalik yorqinki, ular haqiqiy emasdek tuyuladi. Ular orasidan oppoq qoyalar va baland toshlar ko‘rinib turadi.

Пляж из красного песка

Dengiz suvi bilan ta’siri tufayli plyajlardagi qumlar va qirg‘oq to‘lqinlari ham aqlbovar qilmas darajadagi ranglarga bo‘yalgan. Bu yerda siz qizil qum ustidagi nilufar qoyalarga urilayotgan pushti-binafsha to‘lqinlarni tomosha qilib sayr qilishingiz mumkin.

Tuzli tog‘lar

Соляные скалы

Orolning tuzilish ham o‘zgacha. Hurmuz tuz qatlamlaridan iborat. Oqimlar va iqlim tufayli bu joyda millionlab yillar davomida tuz to‘plangan, u gipsli jinslar bilan birgalikda suv osti toshlarini ikki tomonga surib yuborib, butun bir orolni hosil qilgan. 42 kvadrat kilometr maydonni egallaydigan qobirg‘adagi katta tuz konlari kimyoviy reaksiyalar natijasida nafaqat tuproq, balki qoyalar rangining o‘zgarishiga olib kelgan.

Tuzli qoyalar

Сбор песка

Tuz tufayli orolda deyarli hech narsa o‘smaydi. Bu yerda dehqonchilik qilib bo‘lmaydi. Tashlab qo‘yilgan qal’a va savdo portida faqat baliqchilar yashaydi. Qo‘shimcha daromad manbai sifatida ular tarkibida juda qimmatli mineralli mahalliy tuzni qazib olib, sotib kun ko‘rishadi.

Nega ular tuproqni yeydi?
Bu joyda yerni haqiqatan ham qaylalardan tortib, baliq va murabbogacha qo‘shishadi. Mahalliy “tomshi” obinonlari odatda un va tuproq aralashmasidan olovda pishiriladi.
Albatta oroldagi tuproqning hammasidan ham foydalanilmaydi. Ovqat tayyorlashda faqat bitta tepalikdagi tuproq ishlatiladi, u ham bo‘lsa tozalanadi, elakdan o‘tkaziladi va termal qayta ishlanadi.

Cho‘qqidagi tuproq o‘ziga xos tarkibi tufayli juda mazali. Uni tuzga turli xil ziravorlar qo‘shilganini misol qilib, kavkaz ziravorlari bilan solishtirish mumkin.
Hurmuzdagi tuproqqa o‘tlar emas, aynan uni tabiiy ziravorga aylantirgan minerallar va tuzlar ta’m beradi.

Hurmuzga "sayr"ni Bahora Muhammadiyeva uyushtirdi.