Faqat ayollar yashaydigan joy. U qayerda joylashgan?
Zamonaviy amazonkalar mavjud. Ammo Braziliyada, Rio-de-Janeyrodan 400 kilometr uzoqlikda, Belo daryosi vodiysida joylashgan Noyva-du-Kordeyru deb ataladigan shaharda nafaqat jangovar, balki go‘zal dehqon ayollari yashaydi.
Qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, hammasi xiyonat bilan boshlangan edi. XIX asrning oxirida Mariyaning eri boshqa ayolni sevib qolib uni tashlab ketdi. Qo‘lida yosh bolasi bilan yolg‘iz qolgan ayol taslim bo‘lmadi.
Mariya qishloq xo‘jaligi kommunasiga asos soldi, u yerda faqat yashash sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollarni ishga oldi. Ajablanarlisi, ayollar jamiyati rivojlanib bordi va hatto gullab-yashnadi. Jamiyat dastlab jamoatchilik tanbehiga uchragan bo‘lsa-da, hozirgi kunda ayollar matriarxal kommunasi 130 yoshda. Hozir u yerda o‘rtacha 20-40 yoshlardagi 600 ga yaqin ayol istiqomat qiladi.
Internet tufayli ular butun dunyoga mashhur, boshqalarni o‘z hayot tarzi bilan tanishtirish maqsadida ular haftada bir necha marta jonli efirga chiqib turishadi. Jurnalistlar ham muntazam bu yerga kelib turadi.
Kommunaning o‘ziga xos bir necha “oltin qoida”lari mavjud:
• Bu joy rohibaxona emas va erkaklar bir qator majburiyatlarni bajarishi uchun kerak. Turmush o‘rtoqlari faqat tashriflar uchun belgilangan kunlarda mehmonga kelib-ketishadi. Kuyovlikka da’vogarlar bunday munosabatlarga hissiy jihatdan oldindan tayyor bo‘lishlari kerak.
• Erkaklarning bu yerda yashashi man etiladi. O‘g‘il bola 18 yoshga to‘lishi bilan jamoani tark etadi. Aholi yashovchilari, ya’ni dugonalarning o‘g‘li va qizi o‘rtasida oilalar yaratish taqiqlanadi, negaki ularning barchasi bir oila (opa-uka, aka-singil) hisoblanadi.
• Shu bilan birga agar ayol turmush qurib yoki o‘z farzandi bilan “katta hayot”ga chiqib ketmoqchi bo‘lsa, unga hech qanday qarshilik ko‘rsatilmaydi.
• Jamiyat asosan dehqonchilik – sabzavot va meva yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Erkaklar qurilish va og‘ir ishlarni bajarish uchun taklif etiladi.
Jamiyatdagilar hozirda kommunaga rahbarlik qilib kelayotgan Donna Delisaga katta mehr va hurmat bilan qarashadi.
Boshqa jihatlardan ko‘ra bu yerda oddiy hayot kechiriladi. Braziliyadagi hamma joyda bo‘lgani kabi tez-tez tashkil etilib turiladigan konsert va shoular bolalarni tarbiyalashda, birga ovqat pishirishda, ishlash va dam olishda yordam beradi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.