Farg‘ona viloyati hokimiga qattiq ogohlantirish va 3 oy muhlat berildi

Oliy Majlis Senati binosida Senatning Reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar markazida qolgan Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning xatti-harakatlari muhokama qilingan.

"Xalq so‘zi" muxbiri bergan xabarga ko‘ra, komissiya vakillari Farg‘ona viloyati hokimining majlislardan birida ayollarning ro‘mol o‘rashi bilan bog‘liq fikrlari uchun qoralagan va unga qattiq ogohlantirish va uch oylik sinov muddati berilgan.