“Fermerga madad” kerakmi? Unda adliya idoralariga murojaat qiling!

Fermer xo‘jaliklari faoliyatida ma’muriy buyruqbozlikning hamon saqlanib qolyotganligi, ayrim mansabdor shaxslarning fermerlar ishiga aralashuvi oqibatida qishloq xo‘jaligi rivojida ularning chinakam “drayver”ga aylanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Xususan, shartnomalar tuzishda, homiylik ishlariga majburlash, pul mablag‘larini o‘zboshimchalik bilan olib qo‘yish, ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlari uchramoqda.

Fermerlarni qiynayotgan shu kabi muammolarni tahlil qilish, ularga tegishli qonunchilikni qo‘llash amaliyotini o‘rganish orqali sohani tubdan isloh qilish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning iyun oyida “Fermerga madad” aksiyasiga start berildi.
Aksiya joriy yilning dekabr oyiga qadar respublikaning barcha hududlarida, shu jumladan, Samarqand viloyatining butun hududida o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida fermerlarga ularning qonuniy huquq va manfaatlari tushuntiriladi, murojaatlari o‘rganiladi, muammolarni aniqlash bo‘yicha so‘rov o‘tkaziladi. Manzilli va sayyor tadbirlar, interaktiv usullar, onlayn va oflayn muloqot platformalari orqali amalga oshiriladi.

Fermerlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan vazirlikning 1008 – ishonch telefoni, @fermermadadbot maxsus telegram-boti, shuningdek viloyat adliya boshqarmasining +998 66 233-13-59 telefon raqami, samarqand@adliya.uz elektron pochta manzili orqali hamda fermer xo‘jaligi tashkil etilgan hududdagi adliya organlariga murojaat qilishlari mumkin.

Fermerlarning huquq va manfaatlari qonun himoyasida!

Viloyat adliya boshqarmasi.