Filippinda noma’lum shaxs tomonidan 30 kishi garovga olindi

Filippin poytaxti Maniladagi savdo markazlaridan birida qurollangan erkak 30 ga yaqin odamni garovga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Voqea joyiga politsiya xizmati yetib keldi. Odamlarni garovga olgan shaxs markazning sobiq qo‘riqchisi ekanligi aniqlandi. Garovga olinganlarning ko‘pchiligi savdo markazi ishchi-xodimlaridan iborat ekanligi aytilmoqda.

Mahalliy televideniye bir nafar jabrlangan shaxs to‘g‘risida xabar berdi.