Fondning granti kimlarga nasib etdi?
Shu yil boshida xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi ijrosini taminlashda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish” nomli birinchi tanlovining g‘oliblari e’lon qilindi.
Samarqand shahridagi "Do‘stlik uyi"da g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi “imkoniyati cheksiz loyihasi uchun - 50 million so‘m;
viloyat mini futbol “Futzal” assotsiatsiyasi - «Aholi o‘rtasida minifutbolni rivojlantirish, yoshlar orasida sportni ommalashtirish uchun»;
Oqdaryo tumani Primkent mahalla fuqarolar yig‘ini - “KELAJAK KUTUBXONASI” nomli elektron kutubxona va turli adabiyotlarni jamlagan badiiy kutubxona faoliyatini tashkil etish uchun;
Viloyat" Nogiron ayollar" uyushmasi Samarqand shahar bo‘limi - “Yoshlar o‘rtasida ma’naviy barkamollik va kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish”
Mahalla xayriya jamoat fondi Jomboy tuman bo‘limi – “Har bir oilani – kitobxon oila”ga aylantiramiz”;
Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi Samarqand viloyat filiali - olis mahallalarda “Biznes marafon motivatsion” treninglarini tashkil etish va raqobatbardosh bo‘lmagan ishchilarni jamg‘arma tomonidan ishga tushurilgan e-kasb.uz onlayn platformasi orqali o‘qitishni tashkil etish;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi - “Kutubxona bilan hamkorlikda aholi va yoshlarda ma’naviy barkamollik va kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish;
Respublika "Istiqboli avlod" ijtimoiy axborot markazining viloyat bo‘limi - “Odam savdosi jinoyati – Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr qimmatiga qarshi jinoyatdir”.
Mazkur nodavlat va jamoat tashkilotlari loyihalarining har biriga 50 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratiladi.
Shu kunlarda xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi tomonidan ikkinchi grant tanlovi ham e’lon qilindi.