Fransiyalik raqam tanlashda xatosi tufayli lotereyada 17 million yevro yutib oldi

Fuqaro elektron chiptalar o‘yini sanasini tanlashda xatoga yo‘l qo‘yib, lotereyada 17 million yevro yutib oldi.

Qayd etilishicha, internet orqali o‘ynagan ishtirokchi maqsadli ravishda aynan “13 sana, juma kuni o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan, lekin sana tanlashda tasodifan xatoga yo‘l qo‘ygan va 14 yanvarni qayd etgan”.

Endilikda shaxsini oshkor qilishni istamagan 40 yoshli fransuz "ishini tashlab, biznes bilan shug‘ullanish, uy sotib olish va sayohat qilishni" niyat qilgan. Bundan tashqari, g‘olib “supermarketdan go‘sht sotib olishni to‘xtatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qassobdan sotib olishni” rejalashtirmoqda.

2021 yil oktyabr oyida Fransuz polineziyasidan bo‘lgan fransuz ayol o‘yin tarixidagi eng katta jekpot - EuroMillions lotereyasida 220 million yevro yutib olgan edi.