Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar voqif etiladi

“Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga ko‘ra, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi tashkil etilayotganda hamda o‘tkazilayotganda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy to‘g‘risida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari to‘g‘risida xabardor qilinadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish, fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar to‘g‘risidagi axborot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.

Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazish jarayoni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.