Fuqaroligini sotib olish mumkin bo‘lgan davlatlar
Bugungi kunda badavlatlik yaxtalar va samolyotlar bilan o‘lchanmaydi. Boshqa bir davlat fuqaroligini olish yirik tadbirkor, oligarxlar va shunchaki o‘ta boy kishilarning yangi rusumdagi injiqliklaridir. Va ba’zi davlatlar ularning bu xobbisini har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bugun fuqaroligini olish bo‘yicha eng xolis shartlarga ega mamlakatlarni to‘pladik.
Kipr
Kipr pasportini qo‘lga kiritish Yevropa Ittifoqi fuqarosi bo‘lishning eng tezkor usuli. Buning uchun Kiprga kelish umuman shart emas; oroldagi ko‘chmas mulk qurilishlarining biriga 2 million yevro sarmoya kiritish kifoya. Olti oydan so‘ng sizga Yevropa davlatlarida erkin harakatlanish, yashash, ishlash va o‘qish huquqini tasdiqlovchi hujjat beriladi.
Portugaliya
Portugaliya pasportini olish ham oson, lekin biroz ko‘proq vaqt talab qiladi. Besh yil ichida 500 ming yevro miqdoridagi ko‘chmas mulk investitsiyasi evaziga berilgan vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi xarajatlar o‘rnini qoplaydi va yana bir yildan keyin orzu qilingan ardoqli kitobcha topshiriladi. Mamlakatda doimiy yashash shart emas, u yerda har ikki yilda ikki haftalik “kirdi-chiqdi” qilsangiz bo‘ldi. Biroq portugal tilini o‘rganganingiz ma’qul: hukumat sizni til imtihonini topshirishga majbur qilishi mumkin.
Ispaniya
Ispaniyada 500 ming yevroga mulk sotib olgandan keyin vaqtinchalik istiqomat qilish ruxsatnomasiga ega bo‘lish uchun siz besh yil, fuqarolikni olish uchun – o‘n yil yashashingiz kerak. Shu sababli, Portugaliya ko‘pchilik uchun yanada jozibali imkoniyatga aylangan.
Gretsiya
Gretsiya hukumati dasturi istiqomat uchun guvohnoma berish evaziga sarmoyadorlarga ko‘chmas mulkka 250 ming yevro sarmoya kiritishni taklif qiladi. Yevropada yashash huquqining bunday past bahosi ikkita bonus -mamlakatda doimiy yashashga ehtiyoj yo‘qligi va arizachining 21 yoshgacha bo‘lgan farzandlari tomonidan hujjatlarni avtomatik ravishda olishi bilan to‘ldiriladi. Fuqarolik esa yetti yildan keyin beriladi.
AQSh
AQSh hukumati sarmoyadorlarga yashash uchun guvohnoma va besh yil davomida yashil karta (grin kard) olishning ikkita E-2 Visa va EB-5 Investor Visa usullarni taklif qiladi. EB-5 AQShda hukumat tomonidan tasdiqlangan loyihalarga kamida 1 million dollar sarmoya kiritganlarga beriladi. Ushbu immigratsiya vizasi qo‘shma shtatlarda yashash, o‘qish, ishlash va pensiya olish huquqini beradi. Ikkinchi holatda sarmoyalar chegarasi past, lekin ushbu dasturdan faqat ba’zi bir mamlakatlar fuqarolari foydalanishi mumkin.
Grenada
200 000 dollar xayriya puli yoki 350 000 dollar ko‘chmas mulkka sarflangan mablag‘ – tanlov o‘zingizda. Grenada pasporti 127 davlatga vizasiz sayohat qilish imkoni va AQShning Ye-2 dasturida qatnashish huquqini beradi.
Vanuatu
Vanuatu — Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi bu mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritish uchun o‘z pasportini taklif qiladigan yagona davlat. Kutish uzoq vaqt talab qilmaydi – bir oydan ikki oygacha. To‘lov miqdori oilaning kattaligiga bog‘liq. Bitta arizachi uchun 220 000 dollar, to‘rt kishilik oila uchun hammasi bo‘lib 280 000 AQSh dollar sarmoya kiritish lozim.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.