Futbol bo‘yicha Eron terma jamoasi Uels termasi ustidan g‘alaba qozongach, 700 dan ortiq mahbus ozod etildi
Eron hukumati Qatardagi jahon chempionatida milliy terma jamoa Uels termasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qamoqxonadagi 715 nafar mahbusni ozod qildi. Fars agentligining seshanba kuni xabar berishicha, bu qaror Islom Respublikasi sud hukumati rahbari G‘ulom Husayn Mohsen-Yejeyning buyrug‘i bilan qabul qilingan.
Eron sud hukumati rahbari eronlik futbolchilarning g‘alabasini olqishlab, ularning “jahon chempionatidagi g‘ayratli munosabati Islomiy Eron xalqiga quvonch va baxt baxsh etgani, milliy birlik ruhini namoyon etganini ta’kidladi".
25 noyabr kuni Eron terma jamoasi birinchi davrada inglizlarga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Keyin esa Uels terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu eronliklarning jahon chempionati o‘yinlaridagi ishtiroki tarixidagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi. Eronliklar hech qachon jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqa olmagan, ammo endi bunga yaxshi imkoniyat bor.