Futbolkada Alisher Navoiy tasviri: bahorda qizlarga urf bo‘ladimi?
Yaqinda O‘zbekistonda modalar haftaligi bo‘lib o‘tdi, lekin mahalliy dizaynerlarning ko‘pchiligi u yerga kirolmadi, lekin ular xafa emas, deb yozmoqda Sputnik.
U internetga videorolik joylashtirib, milliy ranglarning yorqin qiyofasini aks ettirgan kostyum orqali, qiz haqiqiy yulduzga aylandi.
Ayniqsa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga Alisher Navoiyning qiyofasi tushirilgan futbolka va noodatiy ryukzak ma’qul bo‘lgan.
Aslida, O‘zbekiston moda bilan shug‘ullanadi, barchamiz bunday futbolkalarni buyurtma qilamiz, deyiladi xabarda.
P/S: Bir vaqtlar mutafakkir, olim, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy bobomizning suratlari daftar yuziga qo‘yilardi. Endi u qizlar ko‘ksiga tushsa, uyat emasmi? Buyuk ajdodlari bilan maqtanadiganlar ularning suratini egniga ilib emas, aksincha ular qoldirgan merosni o‘rgansa, nur ustiga nur bo‘lardi. Aslida videorolikdagi qiz Alisher Navoiyning biror g‘azalini yoddan bilarmikan?