“Ayrim avtobuslarda o‘tirgichlar olib tashlanyapti, maqtalgan ATTO tizimi ishlamayapti”
“Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish, kamchiliklarni bartaraf etish borasida juda ko‘p gapirilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda transport xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan e’tiborsizlik yoki rad qilish holatlari uchrayapti.
Misol uchun, yuqoridagi suratlarda 31-yo‘nalishdagi avtobuslardan biridagi holat aks ettirilgan. O‘rindiqlari yechib olingan, bu iste’molchilarning haqiga xiyonat emasmi? Birato‘la qolganini ham yechib tashlash kerak edi-da.
Jamoat transportida onlayn to‘lovni rivojlantiramiz, deb ATTO validatorlari o‘rnatilganiga qaramay, bu avtobusda ishlamayapti. Bunday vaziyatga 31-yo‘nalishda harakatlanadigan boshqa avtobuslarda ham kamida uch marta duch keldim shu paytgacha.
Bularga nisbatan qanday yo‘l tutish kerak?"