G‘alati narsalar sharafiga atab nomlangan mamlakatlar
Bir Afrika mamlakatining nomlanishi kapyushonli paltoni, ikkinchisi esa qisqichbaqalar bilan to‘lib toshgan daryoni anglatadi. Venesuela va Venetsiya o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Halol odamlarning vatani qayerda?
AdMe.ru dunyoning barcha burchaklaridagi mamlakatlarning haqiqiy nomlari ortida nima yashiringani bilan qiziqdi.
Venesuela - «Kichik Venesiya»
1499 yilda Janubiy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tgan ispan ekspeditsiyasi bu hududga «kichik Venesiya» nomini berdi, chunki mo‘rt ko‘priklar bilan bog‘lanib, suv ustida ko‘tarilib turgan hindularning uylari yevropaliklarga mashhur Adriatik dengizi sohilidagi shaharni eslatdi. Dastlab, Venyetsiyaning erkalatib aytilgan nomi faqat kichik bir aholi punktiga berilgan edi, keyinchalik butun mamlakat ushbu nom bilan atala boshlandi.
Burkina-Faso - «halol odamlar vatani»
Ushbu Afrika mamlakatining nomlanishi alohida e’tiborga loyiq: «Burkina» so‘zi mahalliy mooryetilidan «halol odamlar» deb tarjima qilinadi, Dyula xalqi tilidan olingan «Fasao» esa «vatan» degan ma’noni anglatadi.
Meksika - «oyning kindigida»
Bir farazga ko‘ra, mamlakatning qadimiy nomi (Mexihco) atsteklarning ikki - «Oy» ((metztli) va «kindik» (xictli) so‘zlaridan kelib chiqqan. «Oyning markazidagi joy» ma’nosi Tenochtitlana shahrining Teskoko ko‘li o‘rtasida joylashganligiga ishora qilgan bo‘lishi mumkin.
Nauru - «Men sohilga ketyapman»
Tinch okeanidagi mitti Nauru davlatining nomi, bir taxminga ko‘ra, naurucha “Anaoero” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «men sohilga ketyapman» degan ma’noni anglatadi.
Islandiya - «muzlar mamlakati»
Yaponiya - «Quyosh chiqish mamlakati»
Davlat nomi 2 ta 日 va 本 belgilardan iborat: Birinchisi «quyosh» ma’nosini bildirsa, ikkinchisi «manba» degan ma’noni anglatadi. Shunday qilib, Yaponiya «quyosh manbasi» deb tarjima qilingan. Shu sababli mamlakatning “Quyosh chiqish mamlakati” degan ikkinchi nomga ega.
(Davomi bor).
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.