Gaz tarmog‘iga rezina shlanglar orqali ulanish xavfli
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali tomonidan joylarda is gazidan zaharlanish va chaqnash bilan bog‘liq favqulodda holatlarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari kuchaytirildi.
Ayni paytda nafaqat davlat va xususiy korxona- tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, maktab, litseylar, mahalla, bozor, savdo markazlarida, balki uyma-uy muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
2021 yil 15 yanvar kuni o‘tkazilgan nazorat-profilaktika jarayonlari davomida “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limining 51 nafar chilangari tomonidan 306 xonadon egalari gaz tarmoqlariga rezina shlanglari orqali ulanganligi va qo‘lbola gaz jihozlaridan foydalanib kelayotganligi uchun ogohlantirildi.
Filial direktori o‘rinbosari Jasur Avazov “Samarqandshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangarlarining is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha olib borayotgan targ‘ibot ishlarini nazorat qilish maqsadida mahallalarda bo‘lib, chilangarlarga servis xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati.