Gilamdo‘zlar imtiyozlardan foydalanyaptimi?

✍️ Milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’atini, shu jumladan ipak va jundan qo‘lda gilam to‘qish sohasini rivojlantirish maqsadida qo‘lda to‘qilgan gilamlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi (26.06.2020 y, PQ-4759-son qaror).

❗️U quyidagilarni eksport qilishda qo‘llaniladi:

🔹1) ipakdan to‘qilgan tayyor yoki tayyor bo‘lmagan tugunli gilamlar va boshqa to‘qimachilik pol qoplamalari, ipak chiqindilardan tayyorlangan ip, bundan taralganlari mustasno, sintetik iplar, 5605 tovar pozitsiyasidan yoki tarkibida metall iplar mavjud bo‘lgan to‘qimachilik materiallari (TIF TN kodi – 5701 90 100 0);

🔸2) boshqa to‘qilgan gilamlar yoki boshqa to‘qimachilik pol qoplamalari, notafting yoki to‘planmagan, tayyor yoki tayyor bo‘lmagan, shu jumladan «kilim», «sumax», «kermani» va shunga o‘xshash jun yoki hayvonlarning ingichka tukidan qo‘lda tayyorlangan gilamlar (TIF TN kodi– 5702 41 900 0);

🔹3) gilamlar va boshqa to‘qimachilik tafting pol qoplamalari, tayyor yoki tayyor bo‘lmagan jun yoki hayvonlarning ingichka tukidan qo‘lda tayyorlangan gilamlar (TIF TN kodi – 5703 10 000 0).

❗️Qo‘lda gilam to‘qish (gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, o‘tovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar), hunarmandlar tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ish, xizmat ko‘rsatish) turlarining ro‘yxatiga (17.11.2017 yildagi PF-5242-son Farmonga 1-ilova, 13-band) ko‘ra quyidagilar belgilangan:

  • hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamidagi chet el valyutasini naqd shaklda olish huquqi beriladi;
  • xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan ko‘rgazma, tanlov, yarmarka davomida sotilgan hunarmandchilik mahsulotlari eksport shartnomalari tuzilmasdan amalga oshirilishi mumkin. Buning natijasida olingan daromad eksport tushumi hisoblanmaydi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi.