“Ginnesning rekordlar kitobi”ga kirgan g‘alati shaxsiy kolleksiyachilar

Ko‘pchilik odamlar sayohatlar yoki qiziqarli voqealarni eslatib turadigan suvenir, jevak (soat zanjirlari), haykalcha va hokazolarni esdalik uchun olib qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Oramizda hattoki, shokoladini yeb, qutisini javonga terib qo‘yadiganlar ham yo‘q emas. Ba’zilar buni shu qadar oshirib yuboradiki, ularga qarab bu “qat’iyatliligi” uchun odamlar ular aqldan ozganmi, deb shubha bilan qaraydi. Quyida ana shunday g‘alati kolleksiyalari bilan rekord o‘rnatgan kishilar haqida so‘z yuritiladi.

Samolyot gigiyena qopchalari



Niderlandiyalik Nik Vermyolen uchun samolyotda uchish uning gigiyena paketchalar to‘plamini ko‘paytirishning bir usuli hisoblanadi. Hammasi Nik va uning do‘sti kim ko‘proq qopcha yig‘a olishi to‘g‘risida bahslashganda boshlandi. 1986 yildan boshlab yiqqan kolleksiya 2012 yilda Vermyolenning g‘alabasi bilan tugadi va NikGinnesning rekordlar kitobiga kirdi. O‘sha paytda uning samolyot gigiyena qopchalari kolleksiyasi 6290 ta paketni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u ularni kamida 200 mamlakatga qilgan parvozlar paytida to‘plagan.

Kichik stulchalar



AQSh fuqarosi Barbara Xartsfild eng katta mini-stullar kolleksiyasiga ega. 2008 yilda ularni o‘n yil davomida yiqqan 3000 ta stulchalari bor edi! Bu yutuq uni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritdi.

Barbaraning ishtiyoqi u psixiatriya klinikasida hamshira bo‘lib ishlagan va hamshiralik mavzularida maqolalar yozgan davrida boshlangan. Diqqat-e’tiborini jamlab olish uchun u dastlabbitta kichkina stul va qo‘g‘irchoq sotib olishga qaror qildi. Boshqa mini stullarni ko‘rib qolib, ularni ham sotib oldi, tezda bu uning sevimli mashg‘ulotiga aylandi. 2009 yilda Xartsfild o‘zining antiqa stullar galereyasini ochdi.

Mashhur kishilar sochi kolleksiyasi


Jon Reznikoff sayyoradagi eng mashhur odamlarning boshidan olingan eng katta soch to‘plamiga ega. Uning to‘plamida Betxoven, Merilin Monro, Elvis Presli, Jon Kennedi va boshqalarning sochlari bor. Kolleksiya 1 million dollarga sug‘urtalangan. Jon bu haqiqiy tarix” deb, o‘z to‘plami bilan faxrlanadi.

Soatlar

Jek Shoff - vaqt muxlisi. Uning devorida dunyodagi eng katta soatlar to‘plami jamlangan. Kyemasozlik zavodida quvurchi bo‘lib ishlagan Shoff 2003 yilda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli uyda qolishga majbur bo‘ldi. Shunda u o‘z soatlar kolleksiyasini yig‘a boshladi va 2010 yilga kelib Jek 1509 ta ishlaydigansoatlari bilan “Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Pitssa korobkalari

Odatda pitssa buyurtma qilgan kishi, uni zavq bilan yeydi, qutisini esa tashlaydi. Faqatbruklinlik Skott Viner emas. U qutilarni o‘z kvartirasida yig‘ishni afzal ko‘radi. 2013 yilda Skott 595 ta pissa qutisini yig‘ib, jahon rekordini o‘rnatdi.

Qiziq, uning to‘plami nimadan boshlangan ekan? 2008 yilda Isroilga qilgan safari chog‘ida Viner o‘zi aytganidek, “eng badiiy pissa qutisini ko‘rib qoldi. O‘shanda u bu korobkalar juda qiziqarli bo‘lishi mumkinligiga tushunib yetdi va butun dunyo bo‘ylab ularni to‘play boshladi.

“Bezovta qilinmasin!”


Odatda bunday tablichka mehmonxonalarda mehmonlar xodimlarga xonani tozalash kerak emasligi va ularni chalg‘itishga hojat yo‘qligiga ishora qilib uni eshikka ilib qo‘llaniladi.

Ehtimol, Rayner Vayxert sayyoradagi maxfiylikni saqlaydigan taxtachalar qiymatini tushunadigan yagona odamdir. 2014 yilda u ushbu tablichkalarsoni bo‘yicha jahon rekordchisiga aylandi. 1990 yildan beri Rayner 188 ta davlatga sayohat qilgan va har safarda turli shakl va dizayndagi “bezovta qilmang” yozuvli tablichkalarini to‘plab kelgan. Vayxertning 11 570 ta turli dunyo madaniyatlarini tasvirlaydigan yaxshi ifoda etgan shunday tablichkalari bor.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.