Giyohvand vosita sotayotgan o‘smir yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yiling 19 fevral kuni taxminan soat 17:30 larda Surxondaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasi hududida 19 yoshli U.E. 1,50 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ancha miqdordagi giyohvandlik vositalarini o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, dastlabki tergov davom ettirilmoqda.