Glemis qo‘rg‘oni siri yoki Shotlandiya qiroli Molkolm II ni kim o‘ldirgan edi?

Bugungi kunda ulug‘vor Glemis qo‘rg‘oni nafaqat Shotlandiyada, balki butun birlashgan qirollikda eng diqqatga sazovor tarixiy joy hisoblanadi. Birinchi navbatda u butun jahonga hozirgi Buyuk Britaniya qirolichasining onasi Yelizaveta Bouz-Layon tug‘ilgan maskan sifatida tanilgan. Biroq qadimiy inshootning boshqa sirlari ham odamlarni hayratga solib keladi.

 Qo‘rg‘on devorlari orasida Angliyaning har qanday afsonaviy boshqa qadim binoloridagidan ko‘proq narigi dunyo mavjudotlari sharpasi kezib yuradi.

Tarixiy solnomalarga ishoniladigan bo‘lsa, Glemis qo‘rg‘oni barpo etilganidan keyin birinchi sharpa Shotlandiya qiroli Molkolm II ning ruhi bo‘lgan. Molkolm butun umrini inglizlarga qarshi jang bilan o‘tkazgan. 1034 yilda qirol bilan ovga chiqqanida o‘rmondagi uychaga to‘xtagan. Fojia shu yerda sodir bo‘lgan: baxtiqora qirolga qurollangan noma’lum suvoriylar hujum qilgan. Hukmdor o‘ldirilgan. Qotillar kimligi aniqlanmay qolgan. Malkolmning vorisi, nevarasi Dunkan I negadir yovuzlikni surishtirishdan bosh tortgan. Mish-mishlarga qaraganda, Dunkan taxt unga qachon tegishini kutib charchagan va qotillikni uyushtirgan emish.

 O‘shandan buyon bir necha asrlardan beri tunda Glemis qo‘rg‘oni bo‘ylab Malkolm sharpasi kezib, uyqudagi odamlar orasidan qotilini qidirar emish. U o‘ldirilgan uy yog‘och polida hukmdor so‘yilganida sachragan qon dog‘larini ko‘rish mumkin.

T.Shomurodov tarjimasi.