Gondurasda yiliga bir marta baliq yomg‘iri mavsumi keladi

Tabiat tinimsiz odamlarni hayratda qoldiradi - tushuntirilishi juda qiyin bo‘lgan ko‘plab tabiat hodisalari mavjud va, ehtimol, eng sirli deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan baliq yomg‘irlari vaqti-vaqti bilan dunyoning turli burchaklarida kuzatiladi. Biroq, Gondurasda bu hodisa har yili bir vaqtda sodir bo‘ladi.

May va iyul oylarining orasida osmonda qora bulut paydo bo‘ladi, chaqmoq chaqadi, momaqaldiroq gumburlaydi va 2-3 soat davomida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir to‘xtashi bilan yerda yuzlab tirik baliqlar qoladi.