Gruziyaning Sagarexo shahridagi otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Jumaga o‘tar kechasi Gruziya armiyasining sobiq askari Sagarexo shahrida o‘z kvartirasi balkonidan besh fuqaroni avtomat quroldan otib tashladi va yana besh nafarini yaraladi, deb xabar tarqatgan Gruziya IIV.

Ichki ishlar vaziri Vaxtang Gomelaurining jurnalistlarga aytishicha, halok bo‘lganlar orasida jinoyatchini zararsizlantirish bo‘yicha maxsus operatsiyada ishtirok etgan politsiyachi ham bor.

"Jinoyatning o‘t ochish sabablari hozircha noma’lum. Biz jinoyatchi 2021 yilgacha Gruziya armiyasida xizmat qilgani, Afg‘onistondagi xalqaro tinchlikparvar missiyada qatnashganini aniqladik", - dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar qotil uyi eshigini buzib kirishganida, u boshidan qon oqqan, harakatsiz holatda topilgan. Jinoyatchining jasadi yonidan granata halqalari topilgan va sapyorlar chaqirilgan.

Gruziya matbuotiga ko‘ra, yarador fuqarolarning ahvoli og‘ir, ammo barqaror.