Hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi
"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, hafta davomida respublika hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
Bugun respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi 33-35 darajani tashkil etadi.
Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
Harorat foni:
➖ertaga kechasi 18-20, kunduzi 31-33 darajani tashkil etadi;
➖chorshanba kuni kechasi 13-18, kunduzi 17-22 darajagacha pasayadi;
➖payshanba kuni kechasi 10-15, kunduzi 20-25 darajagacha ko‘tariladi;
➖juma kuni kechasi 12-17, kunduzi 25-30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.
15-16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 17-19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) 17-19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.