HAMAS G‘azoni boshqarish rejasini e’lon qildi. AQSh va Meksikani bog‘laydigan maxfiy tunnel topildi

🔹HAMAS G‘azo sektorini yolg‘iz o‘zi boshqarish niyatida emas. "Biz G‘azo ustidan eksklyuziv nazoratni da’vo qilmaymiz. G‘azoni turli sohalarda boshqarish uchun barcha Falastin guruhlarini o‘z ichiga olgan texnokratik guruh tuzishni taklif qilamiz”, dedi tashkilotning siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzal. Shuningdek, JSST G‘azoning sog‘liqni saqlash tizimini qayta qurish milliardlab dollar sarmoya talab qilinishini bildirdi.

🔹 Donald Tramp bugun prezident sifatida inauguratsiya qilinadi, u kongress binosida bo‘lib o‘tadi. Bu Qo‘shma Shtatlar uchun yubiley sana, prezident 60-marta qasamyod qiladi. Inauguratsiyaga Milliy gvardiyaning 8000 nafar askari shay holatda.

🔹 Xitoyda Chjuxay shahrida qasdan mashinasini olomon ustiga haydab yuborgan 62 yoshli Fan Veysyu qatl etildi. Voqea 2024 yil noyabrida ro‘y bergan, 35 kishi halok bo‘lgan edi.

🔹 Tramp inauguratsiyadan so‘ng Putin bilan telefon orqali muloqot qilmoqchi. U o‘z yordamchilariga Rossiya prezidenti bilan uning inauguratsiyasidan bir necha kun o‘tib telefon suhbatini tayyorlashni topshirgan.

🔹 Donald Trampning rafiqasi Melaniyaga tegishli kriptovalyuta sotuvga chiqarilishi fonida bitkoin narxi 100 000 dollardan tushdi.

🔹 BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish doirasida G‘azo sektoriga oziq-ovqat yuklangan birinchi yuk mashinalari guruhi yetib kelganini ma’lum qildi.

🔹 AQSh va Meksikani bog‘laydigan maxfiy tunnel topildi. Uning qurilishi kamida bir yil davom etgan. Meksika tomonida uning uzunligi 300 metr bo‘lib, yoritish va shamollatish bilan jihozlangan. Mahalliy hukumat u odam savdosi maqsadida foydalanganini aytishmoqda.