“Har bir oila – tadbirkor” dasturi bo‘yicha kreditlar to‘xtatildi(mi?)

Prezidentimizning 2019 yil 24 oktyabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bo‘yicha kredit ajratilishi to‘xtatildimi? Banklarga borsam kredit xujjatlarimizni olmasdan navbatga qarab turing, degan javobni berishyapti?

K.BARATOV,

Past Darg‘om tumani.

Mazkur qaror bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratilishi to‘xtatilgani yo‘q. Lekin qarorda belgilab berilgan rejani viloyatimizdagi tijorat banklarimiz 131 foizga yoki 125 milliard so‘mga ko‘proq ajratilishi ta’minlandi. 2018-2019 yillarda ajratilgan kreditlarning qaytarilishi hisobiga yangi loyihalarni moliyalashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu qaytayotgan mablag‘larni navbat asosida o‘z egalariga ajratib berilmoqda.

Birgina “Har bir oila - tadbirkor” dasturi bo‘yicha bugungi kunda viloyat bo‘yicha sektor rahbarlari tavsiyanoma bergan. Tumanlardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash” markazi tomonidan ijobiy xulosa berilgan, mahsulot, ish-xizmat va tovarlar to‘liq yetkazilgan. 20 milliard so‘mdan ortiqroq loyihalarimiz kredit ajratishga tayyor holda turibdi. Ushbu loyihalarga qaytayotgan mablag‘lar hisobidan navbat asosida ajratib berilgandan so‘ng yangi loyihalarni moliyalashtirish boshlanadi.

Savolga Markaziy bank Samarqand viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jasur BAHRIYeV javob berdi.