Past Darg‘omda havo hujumi harbiy xizmatchilari taqdirlandi
- 13.01.2019 17:14
- 124
- Samarqand

Past Darg‘om tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida havo hujumida mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tasarrufidagi 88534-harbiy qismda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘z olganlar Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi.
Harbiylarga Past Darg‘om tumani hokimligi va Samarqand viloyat "Matbuot uyushmasi" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tadbir so‘ngida konsert dasturlari namoyish etildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!