Haydovchi aroq ichib rulga o‘tirgani uchun 18 oyga mashina haydash huquqidan mahrum bo‘ldi

2018 yilning 6 noyabr kuni Paxtachi tuman Urganji mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib o‘tgan sayyor sudda A.Ochilovning bu xatti-harakatlari ko‘rib chiqildi. Yo‘l harakati qoidasi buzilganligi haqidagi bayonnoma, mastlik holatini aniqlash to‘g‘risidagi 1-sonli tibbiy guvohlik bayoni o‘z tasdig‘ini topdi.
Huquqbuzar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi asosida 1 yilu 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilindi. Shuningdek, unga eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
U.HABIBOV,
Paxtachi tuman ma’muriy sudining raisi.