Haykaltarosh M.Gerasimov rekonstruksiyasida Sohibqiron Amir Temur Turon millatiga mansubligi namoyon bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida Amir Temur maqbarasining o‘rganilish tarixidan deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Undan Amir Temur va uning avlodlari haqida ma’lumotlar qoldirgan tarixchilar Mirxondning “Jannatbog‘i” (1891 y.) va Ibn Arabshohning “Temur haqida xabarlarda taqdir ajoyibotlari” (1868 y.) asarlari, XIX asr oxiri va XX asr boshlariga tegishli Amir Temur maqbarasining suratlari, 1941 yil olib borilgan ekspediyasiga oid hujjatlar, Amir Temur va Shoxruh Mirzoning gipsdan ishlangan byusti, maqbaraning eshigi hamda archa yog‘ochidan yasalgan Amir Temur tobuti kabi noyob eksponatlar joy olgan.
- Ekspozitsiyasi kichik joyda tashkil etilgani bilan, mazmun jihatdan juda boy, - deydi No‘’mon Mahmudov. – Ko‘rgazmadan bobomiz Amir Temur haqida ko‘p haqiqatlarni bilib olish mumkin. Jumladan, Ibn Arabshoh o‘z asarlarida bobomiz tobutlarini temirdan yasalganligini aytib o‘tsa, olib borilgan ekspeditsiya natijasi tobut archa yog‘ochidan yasalganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, Eronda, Hindistonda chizilgan suratlarda bobomiz boshqa millatlarga xos qilib tasvirlangan. Tadqiqotlarda uning Turon millatiga xos ekanligi ayon bo‘ldi. Haykaltorosh, antropolog olim Gerasimov tomonidan ishlangan Amir Temur va Shoxruh byustlari haqiqatga mos ravishda rekonstruksiya qilindi.
Ko‘rgazmadan Amir Temur va uning maqbarasiga oid yana ko‘plab eksponatlar joy olgan.