Hayotda bir marta bo‘lsa ham o‘tish kerak bo‘lgan yo‘llar
Hozirda ko‘pchilik kompaniyalar tomonidanuyushtirib berilayotgan qulay reyslar, mehmonxonalar va barcha narsani o‘z ichiga olgan turizmdan bahramand bo‘lib kelmoqda. Shunday bo‘lsa-da, sarguzashtlarning haqiqiy ruhi faqat orqa xalta bilan sayohat qilganda paydo bo‘ladi. Shundagina siz chinakamiga yangi joylar bilan tanishib, ularning sirlarini bilib olasiz, kuchingizni sinab ko‘rib, o‘zingizni go‘zal Yerimizning bir qismidek his qilishingiz mumkin.
Bugungi to‘plamda dunyo bo‘ylab eng ajoyib yayov bosib o‘tiladigan yo‘llar to‘plangan.
Samo narvoni, Gavayi
Xayku so‘qmog‘i yoki Osmonga olib boruvchi zinapoyalar Gavayi orolidagi Oaxu orolidagi 4ming qadamdan iborat bo‘lgan ajoyib marshrutdir. U Ikkinchi jahon urushi paytida AQSh harbiylari tomonidan tepaliklarda joylashtirilgan antennalarga yetib borish uchun qurilgan. Mahalliy hokimiyat xavfli zinapoyalarni vaqti-vaqti bilan yopib qo‘yadi, lekinunga ko‘tarilishni istaganlar kam emas. Ha, agar u yerga boradigan bo‘lsangiz, esda tuting, ajoyib manzaradan bahramand bo‘la turib, pastga qaramagan ma’qulroq.
Inklar so‘qmog‘i, Peru
Inklar tomonidan qurilgan qadimiy yo‘l deyarli 6 asr davomida saqlanib kelingan va bugungi kunda mahalliy gidlar shu yo‘nalish bo‘ylab sayyohlarniolib ketishadi. So‘qmoq goh o‘rmonga “sho‘ng‘iydi”, goh tog‘larga ko‘tariladi va yo‘lning oxiri sayyohlar ko‘zini ochib, inklar imperiyasining muqaddas Machu-Pikchu- mislsiz “osmondagi shahar” bilan tugaydi.
“Sarek” milliy bog‘i, Shvesiya
Qor malikasi mamlakati Laplandiyadagi manzaralar ertaklardagidek ajoyib go‘zallikka ega. “Sarek” milliy bog‘ida uning yovvoyi shimoliy tabiati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin. Bu yerda sayohatchilar Shvesiyaning eng baland tog‘lari, daryolari, muzliklari, shimoliy yorug‘liklari va ta’riflab bo‘lmaydigan erkinlik tuyg‘usini his qilishadi.
Likiya so‘qmoq yo‘li, Turkiya
“Barchasi ichida” kabi dam olish paketlari Turkiya taklif qiladigan hamma narsa emas. Mamlakat o‘zining tahsinga loyiq har bir go‘shasi bilansayyohlarni hayratlantirib kelishda davom etmoqda. Likiya yo‘li esa Turkiyaning jozibali cho‘l qo‘ltiqlaridan tortib, qadimgi Likiya aholisining qoyalardagi 3 ming yilllik qabrlarigacha bo‘lgan mamlakatning galdagi ajoyibotlarini ochib beradi.
Olovlar ko‘rfazi, Avstraliya
Olovlar ko‘rfazi o‘z nomini yorqin to‘q sariq lishaynik (suv o‘tlari bilan yagona organizm hosil qilib yashovchi zamburug‘) bilan qoplangan qirg‘oq qoyalarining g‘ayrioddiy rangi tufayli oldi. To‘rt kunlik sohil bo‘ylab yayov marshrut o‘ziningdunyoning boshqa joylarida topib bo‘lmaydigang‘ayrioddiy go‘zal oq qumlari, ulkan apelsinlitoshlari va jozibali okean manzaralari bilan o‘tadi.
“Zion” milliy parki, AQSh
Zion - suv yuvib hosil qilgan uzun va chuqur vodiylar, g‘alati tunneli ayqash-uyqash kesilgan toshlar va tosh platolari to‘plami. Bularning barchasi turli xil pushti, to‘q sariq, qizil, zumrad va ko‘k ranglarda bo‘yalgan. Bu ajoyib joyda turgan kishi o‘zini Yer sayyorasida bo‘lib turganigaishonqiramay qo‘yadi.
Annapurna piyodalar poygasi, Nepal
Annapurna tog‘ tizmasi bo‘ylab bunday sayohatdanhech kim oldingisidagidek bo‘lib qaytib kelmagan. Nepalda har bir kishi hayotida hech bo‘lmasa bir marta o‘tishi kerak bo‘lgan dunyodagi eng ulug‘vor tog‘lar, eng chuqur daralar, Budda ibodatxonalari va tog‘larda yashiringan kuch bag‘ishlovchi maskanlar joylashgan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.