Hayotni o‘zgartirib yuborgan, hozirda ham qo‘llanilib kelayotgan ayollar ixtirolari

Ixtirochi ayollar unchalik mashhur emas, biroq ularning fanga qo‘shgan hissasi unchalik ahamiyatli emas desak, xato qilgan bo‘lamiz. Ba’zida ayollar patent olish yoki ixtirosi tan olinishi uchun kurashishlari ham kerak bo‘ldi. Masalan, qog‘ozli paketlar ixtirochisi Margaret Naytning g‘oyasi o‘g‘irlangan va u sudda o‘z muallifligini himoya qilib yutib chiqqan.
Bugun biz hozirda ham foydalanadigan ayollar kashf qilgan ba’zi bir ixtirolar bilan tanishamiz.

Kevlar — Stefani Kvolek

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Stefani Kvolek kimyogar edi. 1965 yilda u po‘latdan 5 barobar kuchli yengil materialni kashf etdi. Uning bu ixtirosi turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishda, masalan, o‘qqa chidamli zirhli nimcha, qo‘lqoplar, mobil telefon, osma ko‘priklar va samolyot ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.

Tashqi o‘t o‘chiruvchilar narvoni – Anna Konneli

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Anna Konnelining hayoti haqida ma’lumot juda oz, ammo uning yong‘in ko‘prigi ixtirosi tashqi o‘t o‘chiruvchi narvonlarining o‘tmishdoshi bo‘lganiga aminmiz. Anna 1887 yilda o‘z qurilmasini patenladi va hozirda bu ko‘plab yirik shaharlarda yong‘in xafsizligini ta’minlashning muhim chorasi hisoblanadi.

Avtomobil pechkasi - Margaret A.Uilkoks

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Margaret A.Uilkoks 1893 yilda birinchi avtomobil pechkasini ixtiro qildi. Uning ixtirosi bizni qishda avtomobillarda isitadigan zamonaviy iqlim nazorati tizimlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Markaziy isitish tizimi – Elis Parker

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

1919 yilda Elis Parker gaz markaziy isitish tizimini ishlab chiqdi. Uning ushbu loyihasiga binoan hech narsa qurilmagan bo‘lsa-da, g‘oya inqilobiy edi va keyinchalik u zamonaviy markaziy isitish tizimlari yaratuvchilarini ilhomlantirdi.

Kompyuter algoritmi - Ada Lavleys

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Lord Bayronning qizi Ada King Noel- Lavleys ajoyib matematik edi. U matematik algoritmlardan foydalangan holda mashinani dasturlash usulini o‘ylab topdi. Boshqacha aytganda, u birinchi “kompyuter dasturi”ni yaratdi.

Kosmik stansiya batareyalari - Olga D.Gonsales-Sanabria

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Olga D.Gonsales-Sanabria – Puerto-Rikolik ixtirochi va olim. U 1980 yillarda uzoq xizmat qiladigan nikel-vodorod akkumulyatorini yaratishda yordam beradigan texnologiyani ishlab chiqdi. Ushbu batareyalar Xalqaro kosmik stansiyani quvvat bilan ta’minlashda ishtirok etadi.

Sirkulyar (charxsimon) arra - Tabita Bebbit

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Tabita Bebbit an’anaviy ikki qo‘lli arra o‘rniga dumaloq arra ishlatishni taklif qilgan birinchi kishi edi. 1813 yilda u dumaloq pichoqning prototipini yaratdi va uni aylantiradigan g‘ildirakka biriktirdi.

Quyosh batareyasi orqali isitiladigan uylar – Mariya Telkes

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Doktor Mariya Telkes fizik va quyosh texnikasi mutaxassisi. 1948 yilda u Duvr shahridagi uyni isitish uchun me’mor Eleonor Raymond bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan termoelektr quvvat generatorini ixtiro qildi. Tizim 10 kun davomida iliq turishga mo‘ljallangan bo‘lib, uni sinab ko‘rish uchun Mariya bir necha qarindoshlarini vaqtincha ushbu uyga joylashtirdi.

Shtrix (korrektor) – Bett Nesmit Grem

20 изменивших мир изобретений, за которые нужно благодарить женщин

Bett Nesmit Grem kotiba bo‘lib ishlagan va ko‘pincha hujjatlarni terish xatolarini tuzatish uchun oq bo‘yoqdan foydalangan. U bir necha yil davomida formulasini takomillashtirib, “suyuq qog‘oz”ni patentladi. 1979 yilda Bet Nesmit o‘zining ixtirosini Gillette korporsiyasiga 47,5 million dollarga sotdi.

Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.