Hayvonlar dunyoni qanday ko‘radi?

Odamlar biz dunyoni qanday ko‘rsak, u shunday ko‘rinishga ega deb o‘ylaydi. Aslida esa ko‘zning tuzilishi va turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli barcha jonzotlar atrofdagi borliqni turlicha idrok etadi.
«Beri i Delay» sayti ba’zi hayvonlar dunyoni qanday ko‘rishini bilib olishga qaror qildi...

It

Как животные видят мир

Ko‘zning to‘r pardasida joylashgan kolbachalar (konuslar) nur sezuvchi hujayralarning qismlari ekanligini biologiya darslaridan bilib olgan edik. Konusning har bir turi yorug‘likning ma’lum to‘lqin uzunliklariga sezgir pigmentlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni har bir hudud ma’lum bir rang uchun javob beradi. Hayvonlar ko‘radigan ranglar ushbu pigmentlarga bog‘liq.
Tabiatan odamlarda bu konuslarning sariq va ko‘k ranglardan tortib ultrabinafsha nurlarigacha anglab olishga moslashgani 3 ta, itlarda esa faqat 2 ta turi bor.

Mushuk

Как животные видят мир

Konuslar kunduz kuni ko‘rish uchun mas’ul bo‘lsa, qorong‘u paytda yorug‘lik to‘lqinlarini idrok etadigan va ularni vizual tasvirga aylantiradigan ko‘z tayoqchalari faollashadi. Aynan shu tayoqchalarning ish davri davomida ko‘rish sezgirligi ko‘kimtir-yashil to‘lqin uzunligida maksimallashadi.
Mushuklarning odamlarga qaraganda 6-8 baravar ko‘proq tayoqchalari bor, shuning uchun ular o‘tkir tungi ko‘rish qobiliyatga ega. Shuningdek, bu mitti yirtqichlar kuchli periferik ko‘rish (ob’yektni chetlari bilan to‘laqonli ko‘ra olish) qobiliyatiga ega. Olimlar mushuklar ko‘rishi paytida qaysi ranglar ustun bo‘lganligini aniq ayta olmaydi. Ba’zi tadqiqotchilar bu ko‘proq ko‘k va kulrang soyalar desa, boshqalari ular dunyoni ko‘k, sariq va och yashil rangda ko‘radi, deb ta’kidlashadi.

Fil

Как животные видят мир

Tabiat bu ulkan sutemizuvchilarga daltonizm (ba’zi rang-tuslarni farq kila olmaslik kasalligi)dan aziyat chekadigan odamlar kabi ko‘rish qobiliyatini bergan. Fillar faqat sariq va ko‘k ranglarni yaxshi ajrata oladi, biroq qizil va yashilning farqiga bormaydi. Umuman olganda, fillar o‘tkir ko‘rish qobiliyati bilan maqtana olmaydi. Ular 20 metrdan uzoqni ko‘ra olmaydi, shu bilan birga eshitish, hid va sezgi organlari yaxshi rivojlangan.

Gekkon

Как животные видят мир

Ranglar soni cheklangan bo‘lishiga qaramay, mushuklarning tayoqchalar tufayli ko‘rishi juda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, kichik gekkon kaltakesaklarining tungi ko‘rishi nafaqat o‘tkir, balki ranglar mutanosibligi odam havas qiladigan darajada. Evolyusiya natijasida gekkonlarning ko‘zlari qorong‘ulikda biznikiga qaraganda 350 marta sezgirroq bo‘lib chiqdi.

Akula

Как животные видят мир

Akulalarning ko‘rish qobiliyatini juda o‘tkir deb bo‘lmaydi, lekin ma’lum sharoitlarda ular yaxshi ko‘rishadi.
Akulalar o‘zlarining super kuchiga ega. Ular ham stereoskopik (ikkala ko‘z tasvirlarining birlashishi), ham monokulyar (bitta ko‘zning tasviridan foydalanish) ko‘rish doirasiga ega. Shu bilan birga ular 15 metrdan uzoqni ko‘ra olmaydi.
Mushuklar singari akulalar qorong‘uda juda yaxshi ko‘rishadi. Rangni idrok etish masalasiga kelsak, olimlar ko‘p yillar davomida akulalarning to‘r pardasida tayoqchalar ustunlik qiladi, deb o‘ylashgan. So‘nggi tadqiqotlar akulalar ko‘k va yashil spektrdagi ranglarni ko‘rishga imkon beruvchi pigmentga ega ekanligini ko‘rsatdi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.