Hayvonot bog‘laridan qochishga muvaffaq bo‘lgan hayvonlar
Shirinxo‘r filcha
Bu chinni do‘konidagi fil, aniqrog‘i, non do‘koniga kirgan fil haqida.
1920 yilda Mavrik laqabli bu uzuntumshuq g‘uppa Moskva hayvonot bog‘ining panjaralarini buzib, boshi oqqan tomonga qarab ketgan. Yaqin atrofda joylashgan nonvoyxonaga yetib kelgach, Mavrik vitrinani sindirib, bulochkalardan to‘yib yedi. U yana nima buzg‘unchilik qilgan bo‘lardi, lekin ko‘p o‘tmay zoopark xodimlari qorni to‘q qochqinni uyiga qaytarishdi.
U shunchaki karuselda uchmoqchi edi
Berlin hayvonxonasidagi Xuan laqabli And ko‘zoynakli ayiq topqirlig‘i bilan ajralib turardi. 2004 yilda u to‘siqni sindirib o‘tib, hayvonot bog‘ini aylana boshladi. Qo‘rqib ketgan mehmonlar tarqab ketishdi, ayiq esa karuselga chiqishga qaror qildi. Xuanni tez uxlatish uchun yetib kelgan xizmatkorlar uni qafasga qaytarishdi. Aytgancha, ko‘zoynakli ayiqlar deyarli vegetariandir, ular qutb va jigarrang ayiqlardan farqli o‘laroq, odamlar uchun xavfsiz.
O‘rgangan ko‘ngil....
San-Diyego zoologik parkidagi orangutan Ken Alen retsidivist-qochoq hisoblanadi. U hayotida uch marta qochishga muvaffaq bo‘ldi. Aqlli primat ora-orada o‘z birodarlariga ishchilar qoldirib ketgan temir lom yoki daraxt shoxidan foydalanib, qafaslardagi darvozalarni ochishni o‘rgatdi. Hayvonlarning erkin migratsiyasi hayvonot bog‘i yangi xavfsizlik choralariga 45 ming dollar sarflangandan keyingini to‘xtadi.
Uyushgan jinoiy guruh
2012 yilda Frankfurt yaqinidagi "Safari" hayvonot bog‘ida uchta kenguru shov-shuv sababchisi bo‘ldi. Gazetalarning yozishicha, hayvonlar nafaqat birga qochib ketishgan, balki o‘zlarining “sheriklari” yordamidan foydalangan. Park direktori o‘rinbosari Maykl Xoffmanning aytishicha, tulki va yovvoyi cho‘chqa xaltali hayvonlarning qochishiga yordam bergan. Kengurular tulki qazigan teshik orqali o‘z to‘siqlarini tark etishdi. "Safari" devorlaridan esa hayvonlar to‘ng‘iz qazigan tunnel bo‘ylab harakatlanishgan. Biroq, kengurulardan biri imillab bog‘da qolgani sababli darhol qo‘lga olindi. Ikkinchisi ham tezda ushlandi. Uchinchisi esa o‘zini juda erkin his qilib yurdi, u vaqti-vaqti bilan odamlarning ko‘ziga ko‘rinib turardi, lekin hech qachon ushlanmadi.
Qizg‘anchiq karkidon
Avstraliyadagi "Moarto" hayvonot bog‘idagi Satara ismli karkidon olti yildan beri yashab, o‘zi turgan maydoncha to‘siq panjarasini yiqitib, qochib ketgan. 18 yoshli karkidonning urg‘ochisi yosh karkidon oldiga ko‘chirilganda ikki tonnalik rashkchi karkidon o‘zining his-tuyg‘ulariga dosh bera olmadi. Biroq, bir kun o‘tib u qaytib keldi.
Ilonni ko‘rmadingizmi?
2011 yil 28 mart. Nyu-Yorkdagi "Bronks" hayvonot bog‘ida favqulodda vaziyat: chaqishi odamlar uchun halokatli bo‘lgan Misr kobrasi yo‘qolib qoldi. Xodimlar olti kun davomida ilonni izlashdi, atrofdagi uylarning aholisi esa uxlab yotishdan oldin to‘shaklari ostini tekshirib ko‘rardi. Bir hafta o‘tgach ma’lum bo‘ldiki, bu vaqt davomida kobra tozalovchilarga bildirmasdan sirg‘alib chiqib, hech qayerga ketmasdan terrariumning qorong‘u burchagida yashirinib yotgan ekan.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.