Hidlar ham shifo beradi. Bu ilm-fan tomonidan tasdiqlangan
Qadim zamonlarda ham odamlar bugungi kunda ularning shifobaxsh xususiyatlari olimlar tomonidan tasdiqlangan aromatik moylardan foydalangan. Biz bu hidlarning nafaqat yoqimli muhit yaratishi, balki shifo berishi to‘g‘risida bilib olishga qaror qildik.
Mavrak (shalfey)
O‘rta Yer dengizi va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan mavrakning shifobaxsh xususiyatlari odamlarga qadim zamonlarda ma’lum bo‘lib kelgan. 2013 yilda o‘tkazilgan tadqiqot uning antiseptik xususiyatlarga egaligi va spazmalarga qarshi turishi to‘g‘risidagi taxminlarni tasdiqladi. Hidi va undan tayyorlangan ichimlik ayollarga qorin bo‘shlig‘idagi xarakterli og‘riqlarni yengishga yordam berishi bilan bir qatorda stressni ham yengillashtiradi va xotirani yaxshilaydi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, mavrak tabiiy qalqon vazifasini bajaruvchi kuchli antioksidant bo‘lib, tanani tozalaydi va qarish jarayonini tezlashtiradigan va saraton kaalligini keltirib chiqaradigan beqaror molekulalar – erkin radikallarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Yalpiz
Yalpizdan foydalanishni aromatik moylar ishlab chiqarish yuqori darajada bo‘lgan qadimgi Misrda o‘rganishgan. Uning barglari miloddan avvalgi 1000 yillarga oid piramidalarda topilgan. Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotlar yalpiz moyi oshqozon-ichak kasalliklariga yordam berishi va sil kasalligi yallig‘lanishini kamaytirishini ko‘rsatmoqda.
2000 yilda «Ailment Pharmacology» ilmiy jurnalida chop etilgan ilmiy maqolaga ko‘ra 90 milligramm yalpiz moyi va 50 milligramm zira yog‘i aralashmasi muntazam ravishda qabul qilinsa, parishonxotirlikdan aziyat chekadigan bemorlarning sezilarli yaxshilanishiga olib keldi. Sog‘lom odamlar uchun yalpiz moyi stressni yengishga yordam beradi va Boston universiteti shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot u xotirani yaxshilashini ko‘rsatdi.
Apelsin
Apelsinning hidi va moyi sizni stressga chidamlilikning haqiqiy “usta”siga aylantirishi mumkin. Uning doimo massajda qo‘llanilishi ham bejiz emas. Tarkibida zo‘riqishni kamaytiradigan va asab va yurak-qon tomir tizimlarini tinchlantiradigan maxsus linanol moddasi mavjud. Sitrus hidi bosh og‘rig‘iga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Paradoksal ravishda apelsin essensiyasi hatto o‘tkir ichak kasalligi – salmonellyozga qarshi kurashadi.
Buni 2008 yilda «Journal of food science» jurnalida chop etilgan tadqiqot tasdiqladi. Ularning fikriga ko‘ra apelsin moyi ajoyib antiseptik sifatida Salmonella bakteriyalarining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Lavanda
Har bir inson lavanda tashvish, uyqusizlik va depressiyaga qarshi vosita ekanini yaxshi bilsa kerak. Lekin uning moyi soch o‘sishiga yordam berishini hamma ham bilmaydi. «The Natural Medicines Comprehensive Database» tadqiqot markazi olimlari lavanda alopetsiya (patologik soch to‘kilishi)ga qarshi samarali foyda berishini ta’kidlamoqda.
Biroz gangitib qo‘yuvchi xislatlari tufayli lavandadan og‘riq qoldiradigan vosita sifatida foydalanish mumkin. Bu haqda Isfahon tibbiyot universiteti tadqiqotchilari ma’lum qilishdi. Ular bodomsimon bezlari olib tashlangan bolalarning og‘riqini kamaytirishga harakat qilishdi. Natijada lavanda hidi bilan nafas olgan bolalar boshqa bemorlarga qaraganda kamroq og‘riq his qildi. Lavanda moyi yaralarni ham davolaydi. Agar siz uni yod bilan aralashtirsangiz, yara tezroq bitadi. Bu haqda turk olimlari “Dalillarga asoslangan qo‘shimcha va muqobil tibbiyot” nashrida ma’lum qildi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.