Hindiston ham yaqin oylarda 5G tarmog‘ini ishga tushiradi
- 04.06.2019 15:04
- 43
- Xorij

Hindiston kommunikatsiya, elektronika va axborot texnologiyalari vaziri Ravi Shankar Prasad yaqin oylarda Hindiston 5G tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
"Yaqin oylarda 5G tarmoq texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushiramiz. Bu tarmoq, avvalo, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida ishlatiladi" degan vazir bugun India Today nashriga bergan intervyusida.
U 5G tarmog‘ining sinov jarayonida Xitoyning Huawei kompaniyasi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston hukumati 2020 yilda 5G tarmog‘ini ishga tushirish haqida bayonot bergan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim