Hindiston poytaxtida mingdan ortiq kulba yonib ketdi
- 26.05.2020 20:45
- 306
- Xorij
Dehli shahrining janubiy-sharqida joylashgan Tuglakobodda dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi mingdan ortiq kulba alanga ichida qoldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Zee news telekanali xabar berdi.
“Biz xarobalarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida soat 00:15 larda xabar topdik. Shundan so‘ng voqea joyiga 28 ta o‘t o‘chirish brigadasi yuborildi. Tonggi 4:00 larda alanga nazoratga olindi. Hozircha jarohatlanganlar va qurbon bo‘lganlar qayd etilmadi”, deya ta’kidladi o‘t o‘chirish xizmati rahbari Atul Garg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalabki soat 8:00 atrofida yong‘in butunlay bartaraf etilgan. Yong‘in ushbu hududda joylashgan kulbalarning deyarli yarmini yo‘q qilgan.
Teglar:
Hindiston
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa