Hindiston rasmiylari dunyo mamlakatlarini COVID-19 vaksinasi bilan ta’minlashga va’da berdi

Rivojlangan farmatsevtika sanoatiga ega Hindiston koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqarish va tarqatishda yordam berishga tayyor. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Subramaniyam Jayshankar tomonidan 15-Sharqiy Osiyo sammitining yalpi majlisida bayonot berdi, deya xabar qilindi Hindiston tashqi ishlar vazirligi saytida.

Sammit ishtirokchilari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muammolarga, jumladan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, shuningdek, COVID-19 ga qarshi kurashga e’tibor qaratishdi. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilar ekan, ishtirokchilar mamlakat bosh vaziri Narendra Modining jahon hamjamiyatidan yordamini ayamasligi haqidagi va’dasini eslatdi.

Bu haqda Modi sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining umumiy siyosiy debatlari paytida ta’kidlagan edi. "Hindiston ushbu inqirozga qarshi kurashishda butun insoniyatga yordam berishga tayyor. Vaksina ishlab chiqarish va yetkazib berishda barcha imkoniyatini ishga soladi", degan so‘zlarini keltiradi Aljazeera. Shuningdek, u Nyu-Dehli dori-darmonlarni saqlash va transportirovka tizimini yaxshilash, yetkazib berilgan vaksinalarni omborlarda saqlash imkoniyatlarini kengaytirishda boshqa mamlakatlarga ko‘maklashishga va’da berdi.

Avvalroq Vladimir Putin o‘nlab mamlakatlarning koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalariga qiziqishi haqida gapirgan edi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "o‘nlab mamlakatlar allaqachon ushbu dori-darmonlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan”.