Hindistonda 300 milliondan ortiq odam qaytadan karantinga yuborildi
- 16.07.2020 09:42
- 104
- COVID-19
Hindistonda bir necha yuz million odam qaytadan karantinga yuborildi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati tezkorlik bilan oshib bormoqda. Bu haqda 15 iyul kuni The Times nashri xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, jami 375 milliondan ortiq odamni karantinga yuborish rejalashtirilmoqda. Ayrim shahar va shtatlarda pandemiya bilan kurash olib borish uchun kuchaytirilgan chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Masalan, Bixar shtati rasmiylari aholini 15 kunlik qat’iy karantinga oldi. U yerda, bir kecha-kunduzda mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilmoqda.
Ayni vaqtda kasallanish soni bo‘yicha Hindiston uchinchi o‘rinni band etib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u yerda jami 937 487 nafar kasallanish holati aniqlangan. 24,3 ming bemor vafot etgan.