Hindistonda fil 16 kishini o‘ldirdi
- 29.06.2021 08:00
- 350
- Xorij

Hindistonning Jarxand shtatida podadan ayrilgan fil ikki oy ichida 16 kishini o‘ldirdi, deb yozadi «Daily Mail».
"May va iyun oylarida fil bir qator hujum sodir etdi, - deyiladi xabarda. - So‘nggi hujum 22 iyun kuni sodir bo‘lgan, fil tong otarda qishloq ko‘chasiga chiqqan keksa er-xotinni o‘ldirgan".
Xabar berilishicha, jonivor uylarga bostirib kirmagan, faqat unga juda yaqin kelgan yoki yo‘lidan chiqqanlarga hujum qilgan.
Mahalliy o‘rmon xo‘jaligi xodimi Satish Chandra Ray odamlarga 15-16 yoshli katta fil hujum qilayotganini aytdi. "Ehtimol, jonivor fe’li ayniy boshlagan va u jangari xatti-harakatlari va erkak fillarga raqobati tufayli podadan chiqarib yuborildi", deydi Rai.
Filni qo‘lga olishning iloji bo‘lmayapti, ammo u birlashishga umid qilib, podasi ketidan ketayotgani aniq.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand