Hindistonda zo‘rlangan o‘zbekistonlik ayol bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi Dehli shahrida 32 yoshli mamlakatimiz fuqarosi hujum va zo‘rlashga uchragani to‘g‘risida OAVda tarqatilgan ma’lumotni tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, elchixona vaziyatni nazoratga olgan va Hindiston poytaxti politsiya vakillari bilan aloqa o‘rnatgan. Ma’lum qilinishicha, uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.