Hindistondagi tabiiy ofat natijasida qurbonlar soni 170 dan oshib ketdi

O‘tgan besh sutka vaqt ichida kuchli shamolli jalalar yog‘ish oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida Hindistonning turli mintaqalarida qurbonlar 174 kishini tashkil qildi. Hindistonning The Times of India matbuotining xabariga ko‘ra, o‘tgan yakshanba 33 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Oldinroq 147 nafar vafot etganlar haqida xabar berilgan. Oxirgi sutkada eng ko‘p qurbonlar soni janubiy-g‘arb shtati Keralada - 15 kishi va g‘arbiy shtat Gudjaratda - 11 kishi qayd etilgan. Shamolli jalalar so‘nggi vaqtda asosan mamlakatni janubiga va g‘arbiy qirg‘oqlariga talofat yetkazgan.

Iyun oyi oxirlarida Janubiy Osiyo kuchli shamolli jaladan talofat ko‘rgan, ushbu tabiiy ofat oxirgi o‘n yilda eng kuchlilardan biri bo‘lgan.

Kuchli yomg‘ir va chaqmoq transport aloqasida jiddiy muammolar keltirib chiqargan, binolar qulashi va ko‘plab baxtsiz xodisalar mamlakatning turli mintaqalarida kuzatilgan.