Hindistonga noqonuniy oltin yetkazib berayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
- 16.09.2019 17:55
- 161
- Xorij
O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari Navoiy viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri doirasida uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu guruh a’zolari noqonuniy ravishda oltin qazib olish, ulardan zargarlik buyumlari tayyorlash va ularni yashirin holda Hindistonga olib o‘tish bilan shug‘ullanib kelgan.
Ayni damda guruh a’zolari hibsga olingan bo‘lib, tergov ishlari oxiriga qadar ularning ism-familiyalari oshkor qilinmasligi aytib o‘tilgan.
Qo‘lga olish vaqtida jinoyatchilar yonidan zargarlik buyumlari, ularni tayyorlash uskunalari va naqd xorijiy valyuta topilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa