Hindistonning Uttarakxand shtatida muz qulashi oqibatida 150 nafardan ortiq odam bedarak yo‘qolgan
- 07.02.2021 21:25
- 117
- Xorij
Ularning aksariyati Rishiganga GESi ishchilari bo‘lgan. Bu haqda RIA novosti xabar berdi.
Hozirda Hindiston-Tibet chegara politsiyasining ikki jamoasi va tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy kuchlarining uch jamoasi favqulodda vaziyat joyiga yuborilgan.
Ulkan muz bo‘laklari tog‘li Himoloy daryosi Alaknanda va Dxauliganga hududi bo‘ylab tushib, baland tog‘larda toshqinlarni keltirib chiqargan. Zararning oldini olish uchun Srinagar, Rishikesh va Xaridvar shaharlaridan quyi oqimda joylashgan gidroelektrostansiyalar suvni favqulodda chiqara boshlagan.
Rasmiylar ushbu hududda, shuningdek, daryo yaqinidagi aholi punktlarida amalga oshirilayotgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi loyihalarida ishchilar xavfsizligidan qo‘rqishmoqda. Suv toshqini bilan bog‘liq holda, hokimiyat gidroelektr stansiyasi ostida joylashgan aholi punktlarini evakuatsiya qilishni boshlagan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa