Hindlarning maxfiy quroli

Hind afsonalarida ma’budlar hokimi deb hisoblanadigan Vishnuning «Narayanastra» degan g‘aroyib quroli haqida hikoya qilinadi. Bu qurol bir vaqtning o‘zida millionta snaryad uloqtiradigan qurilmaga ega bo‘lgan.

Kauravamlar va pandavamlar o‘rtasidagi jangda ushbu qurolni qo‘llangani haqida shunday hikoya qilinadi: “Nihoyat, maxfiy qurol - narayanlar jangga kirdi. Havo dahshatli jag‘i ochilgan ilonlarni eslatuvchi kamon o‘qlari bilan qoplandi. Xuddi ustara kabi o‘tkir qirrali temir sharlar va disklar paydo bo‘ldi. Pandavalar ushbu qurolni qaytarishga urinishdi, biroq xarakatlar zoye ketdi.

Har tomondan kuchaygan tig‘larga dosh berolmagan Pandavalar qochishga tushdi. Ammo samoviy quroldan qochib qutulishning iloji yo‘q edi. Ularning zarbasidan na g‘orga, na uyga kirib yashirinish imkonsiz edi. Kamon o‘qlari, sharlar, diskalar o‘z qurbonlarini ta’qib qilib yer tishlatardi.

Qizig‘i shundaki, snaryadlar quvvati qarshilik ko‘rsatayotgan dushman soniga qarab o‘zgaradi. Bundan qochishning yagona yo‘li taslim bo‘lish edi. Ajablanarlisi, urushda Narayanastrani faqat bir marotaba ishlatish mumkin bo‘lgan. Agar u yana ishlatiladigan bo‘lsa, o‘z armiyasi jangchilariga qiron keltirgan.

***

Nur taratuvchi karkidon

Kim biladi, balki karkidonlar haqidagi afsonalarda jon bordir. 1663 yil Germaniyada karkidonning katta skeleti topildi. Uni Garsa tog‘i shimolida Kvedlinburg yaqinidagi ohaktosh g‘orida boshqa qazilma qoldiqlari orasidan topishdi.

Biroq topilma chirib bir uyum siniq suyaklarga aylangandi. Shunga qaramasdan uzunligi ikki metr keladigan shox va bosh chanoq butun saqlanib qolgandi.

Oradan yuz yil o‘tib, Ainxornxopda yana bir shunday skelet topildi. 1991 yilda taniqli avstraliyalik zoolog, Gettingen universiteti professori Antel Festetiks karkidonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini ma’lum qildi. Gap shundaki, u Gars tog‘i massivida tabiat haqida film olayotganida unga qarab yugurib kelayotgan karkidonni ko‘rgan.

«Undan nur taralar edi, karkidon hurkib, sal bo‘lmasa meni yiqitib ketayozdi. Keyin g‘oyib bo‘ldi. Afsonadagi esa bo‘lmagan gap», deydi kulib zoolog.

Ammo bizning davrimizda beozorgina yashayotgan chinakam karkidon mavjud. 2008 yilda Italiyada bir shoxli 10 oylik kosula - bug‘usimon jonivor aniqlandi. Uning peshonasida to‘g‘ri o‘sgan shoxi bor edi. Ayni paytda u Pratodagi tabiatni qo‘riqlash markazida yashayapti.

T.Shomurodov tayyorladi.