Hokim va yoshlar uchrashuvida yosh tadbirkorlarning istiqboldagi rejalari tinglandi

Uchrashuv avvalida tumandagi yosh tadbirkorlar, fermerlar, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shundan so‘ng yoshlar tadbirkorlik borasida o‘zlarini qiziqtirgan va faoliyatni tashkil etishda qiyinchilikka uchrayotgan masalalar yuzasidan fikr bildirishdi. 

Masalan, O‘tarchi mahallasidan Behruz Egamnazarov va Beshnaymandan Eldor Ochilov chorvachilik xo‘jaligi tashkil etish, istiqbolda sutni qayta ishlash tarmoqlarini yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish niyatini bildirdi. Tadbirkor Sevinch Boliyeva esa o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga to‘liq qatnashishini ta’minlaydigan yangi dasturini taklif etdi. 
Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan 100 nafardan ortiq yoshlarning fikrlari tinglandi. Yoshlarning savollariga tuman hokimi S.Ergashev javob qaytardi.
Shunday tadbir Toyloq tumanida ham o‘tkazildi.