Hokim yordamchilari rasman ishga qabul qilinib, faoliyatini boshladi

Bu haqda Samarqand viloyati hokimining 2022 yil 11 yanvardagi 5-7-0-F/22-sonli farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyishga asosan, viloyatning 1120 ta mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari tayinlanadi.

Hokim yordamchilari:

- mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi;

- respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha 2022 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosini ta’minlaydi;

- ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.

Shuningdek, farmoyishda boshqarma, tashkilot va idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga hokim yordamchilari lavozimiga tayinlangan xodimlarning avvalgi ish joyidagi lavozimini ikki yilgacha muddatga saqlab qolish, mazkur davrda ushbu lavozimga boshqa shaxslarni muddatli mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishga qabul qilish tavsiya etilgan.

***

Quyida Samarqand viloyati hokimining mazkur farmoyishi hamda uning ilovalari orqali tuman (shahar)lardagi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari lavozimiga tayinlanganlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.