Hokimlar yerlarni tanlashda, eng avvalo, kengayish istagida yurgan, loyihasi tayyor tadbirkorlar so‘ragan joylarni auksionga chiqarishi zarur - Prezident

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda ta’kidlab o‘tdi

Yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlarga 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ob’yektlari 5 yilga bepul ijaraga berilishi belgilandi.

- Shu bilan birga, bu borada yangi tizim joriy qilinadi, - dedi Prezident. - 15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.