Hozirgi davrda grippga qarshi emlash har qachongidan ham muhimroq

Covid-19 gripp mavsumida xavfliroq bo‘ladi. Shuning uchun grippga qarshi vaksina qabul qilish har qachongidan ham muhimroq. Covid-19 va gripp o‘zaro o‘xshash belgilarga ega bo‘lib, yoshi katta insonlarga hamda yurak va o‘pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta’sir qilishi mumkin.

Grippga qarshi emlash darajasining ko‘payishi aholi orasida nafas yo‘li kasalliklarini kamaytirishi mumkin. Shuningdek, Covid-19 pandemiyasi paytida sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘layotgan kuchlanishni kamaytiradi.

Grippga qarshi vaksina odamlarni Covid-19dan himoya qilmaydi, u grippni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, gripp bilan bog‘liq asoratlar, jumladan, kasalxonaga joylashtirilish va hatto o‘lim xavfini kamaytiradi - The Conversation.