Hushyorxonalardagi kamchiliklar bo‘yicha vazirlikka taqdimnoma kiritildi
Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning viloyatdagi mintaqaviy vakili ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ayrim tumanlararo punktlarining xonalari ta’mirga muhtoj. Hojatxona va yuvinish xonalarida zarur sharoitlar yaratilmagan.
Ushbu puntklarning ayrimlarida muddati o‘tgan dorilar ham saqlangan.
Aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma ijrosi bo‘yicha Urgut tumanlararo punktida videokuzatuv kameralari o‘rnatilib, ishga tushirilgan. Payariq va Paxtachi tumanlaridagi punktida 10 ta koykali joy tashkil etilgan. Paxtachi tumanlararo punktida ta’mirlash va muassasa hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Kattaqo‘rg‘on punktining hojatxona va yuvinish xonalarida bemorlar uchun sharoit yaratilib, suv ta’minoti yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Toyloq, Payariq tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri tumanlararo punktlaridagi muddati o‘tgan dori vositalari yo‘q qilinib, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan 3 nafar mas’ul xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan.