Ibratli hikoya: Inson hayoti
- Dada, dunyodagi eng kichik narsa nima?
- Inson hayoti, bolam. Odam endigina yashashni boshladim deguncha, allaqachon keksa odamga aylanib qolgan bo‘ladi.
- Fizika o‘qituvchimiz esa eng kichkina narsa bu elektron deb aytdi...
Dunyodagi hamma narsadan uzun narsa-chi, u nima?
- Inson hayoti, bolam. Bir odam o‘z hayoti davomida shunchalik ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadiki, bu xatolarni hatto uning nevaralari ham tuzata olmaydi.
- Geografiya o‘qituvchimiz eng uzun narsa, bu - Ekvator, deb aytdi. Demak, u kishi bizni aldagan ekan-da.
Dadajon, dunyoda nima ko‘proq qadrlanadi?
- Inson hayoti.
- To‘g‘ri! Biz buni adabiyotda o‘tgan edik. Unda eng arzon narsa nima?
- Inson hayoti, bolam. Ba’zida uni sariq chaqaga almashtirishadi, hatto bepul ham berib yuborishadi.
- Tarix darsida bizga qo‘l mehnati, deyilgandi. Ehtimol, yodingizdan chiqqandir. Ha, mayli unda aytingchi, eng murakkab teorema qanday nomlanadi?
- Inson hayoti, o‘g‘lim. Odam har kuni ertalabdan kechgacha o‘ziga va boshqalarga nimanidir isbotlashga harakat qiladi.
- Yo‘q, yo‘q! Bu eng mashhur teoremalardan biri fermteoremasi, biz buni matematika darsida o‘tgandik!
- Dadajon, siz eng sodda hujayralarni bilasizmi?
- Inson hayoti. Uning panjarali derazalari, qulfli eshiklari, ehtiyotkor qo‘riqchilari yo‘q, ko‘pincha inson og‘ir vaziyatdan qutulish yo‘lini ham topa olmaydi.
- Men biologiyadagi hujayralar haqida so‘rayapman, dada! Darslikda deyilganki... Hazilingizni qo‘ysangizchi! Kulmasangizchi! Eynshteyn hammadan aqlli bo‘lgani rostmi?
- Hammadan kech tug‘ilgan - eng aqlli odamdir.
- Faqat polvonlar hammadan kuchliroq bo‘lgani rostmi?
- Eng kuchli odam – dushmanlari bilan ular tushunadigan tilda gaplasha oladigan kishidir.
- Unda kim eng chiroyli?
- Hech qachon oynaga qaramaydigan kishi eng chiroyli, bolam.
- Eng rahmdil kishi hammaga achinadigan odammi?
- Eng rahmdil kishi bolam, hatto o‘ziga achinmaydi.
Aleksandr Щyogolev.