Ibratli hikoya: Ota-ona sotiladi: ota - 70 yoshda, ona - 65 yoshda

Bu Yaponiyada bo‘lgan. Tokiodagi poytaxt gazetalaridan biri quyidagi mazmundagi e’lonni joylashtirdi: “Ota-ona sotiladi: ota - 70 yoshda, ona - 65 yoshda. Narxi 1000 iyena, bir iyena ham kam emas!”.

G‘alati e’lonni o‘qigan odamlar hayron bo‘ldi: «Qanaqa, kunlarga qoldik! Bolalar allaqachon o‘z ota-onalarini sotishmoqda-ya!». «Hukumat bunga qanday ruxsat berdi?!» e’tiroz bildira ketdular. E’lon shov-shuvga sabab bo‘lib, ushbu sensasiya uylarda va ko‘chada muhokama qilina boshlandi.

E’lon chiqqan gazeta yaqinda avtohalokatda vafot etgan sevimli ota-onasini endigina dafn qilgan yosh oila qo‘liga tushdi. Kimningdir ota-onasini sotish istagi motamda bo‘lgan juftlikka haqoratli tuyuldi. Ular bechora ota-ona bu holatda o‘zini qanchalik baxtsiz his etishini tasavvur qilishdi. Axir bunday farzandlardan nimani kutish mumkin? Shunday deyishdi-yu, yosh oila keksalarni sotib olishga qaror qildi.

Kerakli miqdordagi mablag‘ni olib, er-xotin gazetada yozilgan manzil tomon yo‘lga chiqdi. Byelgilangan joyga yetib kelganlarida, ular gullar bilan o‘ralgan hashamatli bog‘li koshonaga duch kelishdi. Reklamada xatolik bor deb o‘ylashdi,manzilni tekshirib ko‘rib, baribir qo‘ng‘iroq tugmachasini bosishga qaror qilishdi.

Eshikni yoqimli tabassum bilan kyeksa bir janob ochdi. Ular unga gazetadagi e’lon bo‘yicha kelganio‘zlari yaqinda ota-onalarini yo‘qotib, keksa er-xotinni sotib olishga qaror qilgani haqida gapira boshladi. Erkak ularni qiziqish bilan tingladi, lekin hech narsa demadi. Er-xotin noto‘g‘ri manzilga tushib qolgani va janobni bezovta qilganliklari uchun kechirim so‘rab, ketmoqchi bo‘lib turgandi. U so‘z boshladi:

- Yo‘q, siz adashmadingiz, uyga kiring! — taklif qildi hayajonlangan chol. - Hozir xotinimni chaqiraman.

U tezda xotini bilan qaytib keldi va tushuntira boshladi:

- Bilasizmi, biz bu uyning egasimiz. Boshqa qimmatbaho mulklarimiz ham yo‘q emas. Farzandlarimiz yo‘q, lekin biz o‘z boyliklarimizni yaxshi odamlarga qoldirmoqchimiz. Shuning uchun unga faqat munosib odam javob beradi, deb o‘ylab, bunday e’lonni berishga qaror qildik. To‘g‘risini aytsam, bunday mato”ga xaridor topilishiga ham shubha qilgandik. Sizning tilagingiz hurmatga sazovor va bizga quvonch keltirdi. Endi barcha narsalarimizni meros qilib qoldirishga arziydigan odamlarimiz borligiga ishonchimiz komil...

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.