Ibratli hikoya: "Oxirgi vagon"
Ota-ona bolasini har yili yozda poyezdda buvisining yoniga olib borar va bir necha kundan keyin yana poyezdda qaytishardi. Bola yetti yoshli bo‘lganida ota-onasiga:
- Endi katta bo‘ldim, bu yil buvimning yoniga bir o‘zim borsam bo‘ladimi, - dedi?
Biroz bahslashishdan keyin ota-onasi bahamjihat fikr bildirishdi.
Poyezd bekatida o‘g‘illariga qo‘l siltab, kuzatib, vagon oynasidan qayta-qayta ehtiyot bo‘lishini uqtirar ekan, bola yana o‘sha gaplarni takrorladi:
- Ha, bilaman, bilaman, yuz marta aytdilaringiz...
Poyezd harakatlanayotganida otasi:
- O‘g‘lim, mabodo, o‘zingni yolg‘iz his etsang, bezovtalansang yoxud qo‘rqsang, buni olib o‘qi, - dedi va o‘g‘lining cho‘ntagiga bir qog‘oz solib qo‘ydi.
Poyezd jo‘nadi. Kupeda bola bir o‘zi qoldi. Eshik ochiq, atrofda begona odamlar qoqinib, turtinib kulishar, u joylashgan kupega ham kirib chiqar yo qarab qo‘yardilar.
Vagon nazoratchisi bolaning biletiga qarab, nega bir o‘zi safarga chiqqanini so‘rab, savol berdi. Kimdir unga achinib qaradi. Bolaga ishora qilib shivir-shivir qilganlar bo‘ldi.
Bola behuzur bo‘la boshladi va nigohidan xotirjamligi yo‘qoldi. U boshini quyi solganicha o‘rindiqning bir burchagida o‘tirib qoldi va ko‘z yoshlari quyilib kela boshladi.
Shu paytda otasi cho‘ntagiga bir narsa solganini esladi. Qo‘llari titrab, cho‘ntagidan kichkina qog‘oz parchasini topdi va ochdi.
Qog‘ozda shunday yozilgandi:
"...O‘g‘lim, biz oxirgi vagondamiz!".
***
Biz, ota-onalar bolalarimiz mustaqil bo‘lishga izn berishimiz, ularga ishonch bildirishimiz kerak, ammo ularga kerak paytimiz "oxirgi vagon"da bo‘lishimiz shart.